Maxfiylik siyosati

HUBSERVIS MAXFIYLIK SIYOSATI
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 12-oktabr

Ushbu Maxfiylik siyosati "HubServis" platformasi (mobil ilova, hubservis.uz veb-sayti, ustalar vizitkalari va Telegram bot, birgalikda "Platforma") foydalanuvchilarining shaxsga doir ma'lumotlari qanday to'planishi, ishlatilishi, saqlanishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Siyosat O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-547, 2026-yil 26-martdagi O'RQ-1125-son Qonun tahririda) talablariga muvofiq tuzilgan.

1. PLATFORMA VA MA'LUMOTLAR OPERATORI
1.1. HubServis platformasi va unga bo'lgan mualliflik huquqi platforma muallifiga tegishli. Platforma hozirda "FUTURE LABS" MChJ (STIR: 313186609) tomonidan ishlatiladi.
1.1.1. Shaxsga doir ma'lumotlarning operatori (ma'lumotlarga ishlov beruvchi): "FUTURE LABS" MChJ (STIR: 313186609).
1.2. Aloqa: support@hubservis.uz, ilova ichidagi "Qo'llab-quvvatlash" bo'limi.
1.3. Platformada ro'yxatdan o'tish yoki undan foydalanish orqali siz ushbu Siyosatda ko'rsatilgan maqsadlarda ma'lumotlaringizga ishlov berilishiga rozilik bildirasiz.

2. QANDAY MA'LUMOTLAR TO'PLANADI
2.1. Hisob ma'lumotlari: telefon raqami, ism, familiya, profil rasmi (yuklasangiz), Telegram foydalanuvchi nomi (bot orqali kirsangiz).
2.2. Joylashuv: aniq va taxminiy joylashuv. Xarita, xizmat manzili va yaqin-atrofdagi ustalarni topish uchun, faqat siz ruxsat berganingizda.
2.3. Buyurtma va e'lon ma'lumotlari: xizmat turi, manzil, vaqt, narx, buyurtma holati, kelish/kelmaslik belgilari, sharh va baholar.
2.4. Muloqot: ilova ichidagi yozishmalar, qo'llab-quvvatlash murojaatlari, shikoyat va nizolar. Ilova ichidagi audio/video qo'ng'iroqlar yozib olinmaydi, faqat qo'ng'iroq tarixi (kim, qachon, qancha davom etgani) saqlanadi.
2.5. Moliyaviy ma'lumotlar: balans, tranzaksiyalar, premium obuna holati. Bank kartasi bo'yicha faqat yashirilgan raqam (masalan, 8600 **** **** 1234), bank nomi va amal qilish muddati saqlanadi. To'liq karta raqami va CVV kod Platformada saqlanmaydi, to'lov Payme yoki Click tizimi orqali amalga oshiriladi.
2.6. Ustalar (xizmat ko'rsatuvchilar) uchun qo'shimcha: faoliyat turi, ish manzili va hududi, tajriba, narxlar, ish rasmlari, vizitka ma'lumotlari va ijtimoiy tarmoq havolalari. Ayrim yo'nalishlarda (masalan, enaga, hamshira) shaxsni tasdiqlovchi hujjat, tibbiy ma'lumotnoma va sudlanmaganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma so'ralishi mumkin.
2.7. Shaxsiy modullar ma'lumotlari: moliya yozuvlari, rejalar, vazifalar, budilniklar, bozorlik ro'yxati, ovqatlanish (kaloriya) va mashg'ulot jurnali, qadamlar soni.
2.8. AI yordamchi: siz yozgan xabarlar va yuborgan rasmlar (masalan, taom rasmi).
2.9. Texnik ma'lumotlar: push-bildirishnoma tokeni (Firebase), qurilma turi, operatsion tizim va ilova versiyasi, IP manzil va so'rovlar jurnali (xavfsizlik uchun).
2.10. Platforma biometrik va genetik ma'lumotlarni to'plamaydi va ularga ishlov bermaydi.

3. MA'LUMOTLAR NIMA UCHUN ISHLATILADI
3.1. Ro'yxatdan o'tkazish va SMS kod orqali shaxsni tasdiqlash.
3.2. Mijozlarni ustalar bilan bog'lash, buyurtmalarni rasmiylashtirish va bajarilishini kuzatish.
3.3. To'lovlar: balansni to'ldirish, ustalardan buyurtma uchun xizmat haqini (lead fee) yechish, premium obuna, pulni qaytarish.
3.4. Bildirishnomalar, eslatmalar va ilova ichidagi qo'ng'iroqlarni yetkazish.
3.5. Xavfsizlik: firibgarlik, aldov va qoidabuzarlikning oldini olish, shikoyat va nizolarni ko'rib chiqish, ustalarni tekshirish.
3.6. AI funksiyalari: yordamchi javoblari, taom rasmidan kaloriyani baholash, moliyaviy maslahatlar.
3.7. Xizmat sifatini yaxshilash va qonunchilik talablarini bajarish.

4. MA'LUMOTLAR KIMGA TAQDIM ETILADI
4.1. Ustalarga: buyurtmani bajarish uchun zarur ma'lumot (ism, manzil, buyurtma tafsilotlari). Ustalar va sotuvchilarning shaxsiy telefon raqamlari boshqa foydalanuvchilarga berilmaydi, aloqa ilova ichida amalga oshiriladi.
4.2. Mijozlarga: ustaning ochiq profili, reytingi, sharhlari va vizitkasi (usta o'zi e'lon qilgan ma'lumotlar).
4.3. Xizmat ko'rsatuvchi hamkorlarga, faqat zarur hajmda:
- To'lov tizimlari: Payme, Click;
- SMS xizmati: tasdiqlash kodlarini yuborish uchun;
- Google Firebase: push-bildirishnomalar;
- Telegram: bot orqali ro'yxatdan o'tish va xabarnomalar;
- AI provayderlari (DeepSeek, Google Gemini, OpenAI, Groq): faqat AI yordamchiga yozgan xabaringiz va yuborgan rasmingiz tahlil uchun uzatiladi;
- Xosting provayderi (Oracle Cloud).
4.4. Vakolatli davlat organlariga: faqat qonunda belgilangan asos va tartibda.
4.5. Biz shaxsga doir ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.

5. MA'LUMOTLARNI SAQLASH JOYI VA TRANSCHEGARAVIY UZATISH
5.1. Platforma serverlari Yevropa Ittifoqi hududida (Shvetsiya va Germaniya) joylashgan. AI va bildirishnoma xizmatlari serverlari boshqa davlatlarda joylashgan bo'lishi mumkin.
5.2. "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonunning 27^1-moddasiga muvofiq, biometrik, genetik ma'lumotlar va telekommunikatsiya operatorlari abonentlarining ma'lumotlari O'zbekiston hududida saqlanishi shart. Platforma bunday ma'lumotlarga ishlov bermaydi. Boshqa ma'lumotlar qonunda belgilangan shartlarga rioya qilgan holda O'zbekistondan tashqarida saqlanadi va ularga ishlov beriladi.
5.3. Platformadan foydalanish orqali siz ma'lumotlaringiz ushbu bo'limda ko'rsatilgan davlatlarga uzatilishiga rozilik bildirasiz.

6. SAQLASH MUDDATLARI
6.1. Hisob ma'lumotlari: hisobingiz faol bo'lgan davrda yoki siz uni o'chirguningizcha.
6.2. Ilova ichidagi yozishmalar va bildirishnomalar: 30 kun, so'ng avtomatik o'chiriladi.
6.3. Moliyaviy tranzaksiyalar: buxgalteriya va soliq qonunchiligida belgilangan muddat davomida.
6.4. Zaxira nusxalar: 14 kungacha. O'chirilgan ma'lumotlar shu muddat ichida zaxira nusxalardan ham butunlay yo'qoladi.
6.5. Hisob o'chirilganda firibgarlikning oldini olish va nizolarni hal qilish maqsadida o'chirish fakti (sana, telefon raqami, ism) audit jurnalida saqlanadi.

7. SIZNING HUQUQLARINGIZ
Qonunga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:
7.1. Ma'lumotlaringizga ishlov berilishi haqida axborot olish;
7.2. Ma'lumotlaringizni ko'rish, aniqlashtirish va tuzatish;
7.3. Ma'lumotlaringizni va hisobingizni o'chirish: ilovada Profil, so'ng "Hisobni o'chirish" orqali, yoki support@hubservis.uz manziliga so'rov yuborib. So'rov 30 kun ichida bajariladi;
7.4. Roziligingizni qaytarib olish (bunda ayrim funksiyalar ishlamay qolishi mumkin);
7.5. Qurilma ruxsatlarini (joylashuv, kamera, mikrofon, bildirishnomalar, harakat sensori) istalgan vaqtda qurilma sozlamalarida o'chirish;
7.6. Huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish.

8. XAVFSIZLIK
8.1. Ma'lumotlar shifrlangan aloqa (HTTPS/TLS) orqali uzatiladi.
8.2. Parollar qaytarib bo'lmaydigan shifrlangan (bcrypt) ko'rinishda saqlanadi, kirish tokenlari muddatli.
8.3. Ma'lumotlar bazasiga kirish cheklangan, administratorlar harakati audit jurnalida qayd etiladi.
8.4. Internet orqali uzatishning to'liq xavfsizligini hech bir xizmat kafolatlay olmaydi. Ma'lumotlar sizib chiqqani aniqlansa, qonunda belgilangan tartibda xabar beramiz.

9. BOLALAR
Platforma 18 yoshga to'lmagan shaxslar tomonidan ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligisiz foydalanishga mo'ljallanmagan. Bunday ma'lumot ruxsatsiz to'planganini bilsak, uni o'chiramiz.

10. O'ZGARISHLAR
Siyosat yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi, muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali xabar beriladi. Yangilanishdan keyin Platformadan foydalanishni davom ettirish yangi tahrirga rozilik hisoblanadi.

11. ALOQA
Shaxsga doir ma'lumotlar bo'yicha savol va so'rovlar uchun: support@hubservis.uz yoki ilova ichidagi "Qo'llab-quvvatlash" bo'limi.